01 iyu 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas Menayotin WBC kamarini himoya qildi, bu uning 53-jangi edi!
Engil vazn toifasida WBC chempioni Vaneng Menayotin Tailandda o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Tailandlik engilmas bokschi 12 raundga mo'ljallangan jangda yaponiyalik Tacuyu Fukuxaraga qarshi ringga ko'tarildi. Jang sakkizinchi raundda ring shifokorining tavsiyasi bilan to'xtatildi. Bokschilar boshlari bilan to'qnashib ketishlari natijasida Tacuya jarohat oldi.
Sakkiz raund yakunlariga ko'ra uchchala hakam ham bir ovozdan 79-73, 78-74, 78-74 hisobida g'alabani amaldagi jahon chempioniga taqdim etishdi. Bu 33 yoshli Menayotinning prof boksdagi 53-jangi edi. U barcha janglarida g'alabaga erishgan. O'n sakkizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar