06 noy 08:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Engilmas Uaylder faoliyatini qachon yakunlashini malum qildi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida eng nufuzli hisoblangan WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder faoliyatini qachon yakunlashi haqida berilgan savolga javob berdi.
“Asosiy maqsadim superog'ir vazn toifasidagi barcha chempionlik kamarlarini qo'lga kiritish, yani mutloq jahon chempioni bo'lishdan iborat. Yana kamida 10 yil professional boksda jang o'tkazmoqchiman. Hozirgi kunda asosiy raqibim Entoni Joshua bo'lib turibdi. Undagi uchta chempionlik kamarlarini yaqin orada tortib olaman”, - dedi Uaylder.
Eslatib o'tamiz, amerikalik Deontey Uaylder o'ziga tegishli bo'lgan chempionlik kamarini 1 dekabr kuni sobiq jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuridan himoya qiladi.
Havola :
Fikrlar