11 dek 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Entoni Joshua: Agar kerak bo'lsa, Fyuridan oldin Usik bilan jang qilaman
WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua Aleksandr Usik bilan jangga tayyorligini aytdi.
"Titullarimni yo'qotmaslikni ich-ichimdan xohlayman. Agar kerak bo'lsa, birinchi bo'lib Usik bilan jang qilaman. Men hamma kamarlarni birlashtirish uchun bir necha yil mehnat qildim.
Agar men Pulevni mag'lub etsam, kerakli tashkilotlar majburiy davogar bilan o'tkazilishi kerak bo'lgan jangimni bekor qilishi mumkin. Men esa mutlaq chempionlik uchun Tayson Fyuri bilan jang qilishim mumkin bo'ladi", - dedi Entoni Joshua.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar