03 noy 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua Aleksandr Usik bilan mashg'ulot o'tkazadi
The Ring xabariga ko'ra, britaniyalik og'ir vaznli sobiq jahon chempioni Entoni Joshua Ispaniyaga keladi.
Aynan Piriney yarim orolida u superog'ir vazn toifasida amaldagi mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik bilan birga mashg'ulot o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Usik 2021 yilning sentyabrida Buyuk Britaniyada Joshuani ochkolar bo'yicha mag'lub etib, undan uchta chempionlik kamarini tortib olgandi. 2022 yil avgust oyida ular Saudiya Arabistonida revansh jangini o'tkazishdi va yana ukrainalik bokschi g'alaba qozondi.
Entoni o'zining so'nggi jangida hamyurti Daniel Dyubuaga nokaut evaziga yutqazdi. Hozirda 36 yoshli Joshua ringga qaytish haqida o'ylamoqda. Uning 2026 yilning boshida jang o'tkazishi kutilmoqda. Ehtimoliy raqib - angliyalik Fabio Uordli.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar