27 iyu 10:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua bugungi sport formasini namoyish etdi + FOTO
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua (25-3, 22 KO) mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.
Britaniyalik bokschining hali navbatdagi raqibi va jang sanasi aniqlanmagan bo'lsa-da, o'z sport formasini yuqori darajada ushlab turishga etiborini qaratyapti.
Hozirda Joshuaning jamoasi boshqa bir britaniyalik bokschi Dillian Uayt (29-1, 22 KO) bilan muzokara olib bormoqda. Bokschilarning ilk jangi 2015 yilning dekabr oyida bo'lib o'tgan va o'shanda Entoni hamyurtini ettinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi.
Joshua o'zining so'nggi jangida amerikalik Jermeyn Franklindan ustun kelgandi. Undan oldin esa WBA Super, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni, ukrainalik Aleksandr Usikka yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar