05 may 18:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Entoni Joshua: "Fyuri bilan jang? O'tmishga nazar tashlaymiz..."
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, britaniyalik Entoni Joshua hamyurti Tayson Fyuriga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Fyuri bilan jang? Bu haqda keyin gaplashamiz. Menimcha, biz britaniyalik muxlislar uchun nimadir ko'rsatib beraolamiz. O'tmishga nazar tashlaymiz va uzoqdan beri qo'yilgan savolga javob topamiz", — deya takidladi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Joshua o'zining so'nggi jangini Daniel Dyubuaga qarshi o'tkazgan va 5-raundda nokaut bilan yutqazgandi.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar