03 jan 11:38
Yangiliklar
Entoni Joshua halokatga uchragan avtomobil haydovchisiga to'rtta ayblov qo'yildi
Ushbu yo'l-transport hodisasi natijasida Joshuaning ikki murabbiyi halok bo'lgan, bokschining o'zi esa jarohat olgan edi. Hammasi bo'lib Kayodiga to'rtta ayblov qo'yilgan, jumladan, o'limga olib kelgan xavfli haydash, shuningdek, amaldagi haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarish.
Eslatib o'tamiz, tezlikni oshirgan Kayodi oldidagi mashinani quvib o'tmoqchi bo'lganida boshqaruvni yo'qotib qo'ygan (versiyalardan biriga ko'ra, avtomobilning pokrishkasi yorilib ketgan) va yo'l chetida turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Zarba natijasida Joshuaning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Sayna Gami va uning shaxsiy murabbiyi Latif Ayodele o'tirgan mashinaning o'ng yarmi qattiq shikastlangan va ikkalasi ham voqea joyida halok bo'lgandi.

Fikrlar