So’nggi yangiliklar

10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0 20:56Жейк Пол декабрь ойида Дубайдаги турнирда рингга қайтади 0 20:23Ковингтон иштирокидаги жанг Hype FC турнирига қўшилди 0 19:48Жаҳонгир Ўрозов: "Каннаваро "Рубин"ни чемпион қиларди" 0 19:05Камару Усман Ислам Махачевнинг танаффус қилиш қарорига баҳо берди 0 18:29Топурия 2026 йилнинг энг тижорий спорт юлдузлари рейтингида Жошуа, Усик ва Чимаевни ортда қолдирди 0

07 iyu 14:11
Yangiliklar

Boks/MMA

Entoni Joshua har qanday raqibni yo'q qilmoqchi

Teglar :  Entoni Joshua
Britaniyalik 36 yoshli superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua 25 iyul kuni navatdagi jangini o'tkazadi.

U bo'lajak raqibi albaniyalik Kristian Prenga ustidan muddatidan oldin g'alaba qozonishga va keyin britaniyalik sobiq jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi katta jangga chiqishga tayyor. Joshua shu bilan cheklanmaydi, chunki u jahon chempioni unvoni uchun kurashga qaytishni xohlaydi va har bir raqibi uni mag'lub etishga bor kuchi bilan harakat qilishini tushunadi.

"Men Prengani kaltaklamoqchiman, bu aniq. Uni nokaut qilish kerak. To'g'ri kayfiyat, bilim va o'ziga ishonch kerak", - dedi Joshua DAZN telekanaliga bergan intervyusida. — Lekin buning Prenga bilan hech qanday aloqasi yo'q, faqat men bilan. Men o'zimga ishonaman, nimalarga qodirligimni bilaman va o'zimga haqiqiy vayron qilish mashinasi ekanligimni isbotlamoqchiman. Mening ikkala qo'limda ham dinamit bor va men o'zimni tutolmayman.

"Men nishon ekanligimni unutmasligim kerak, — deya qo'shimcha qildi Joshua. — O'tmishdagi xizmatlarimga tayanib, odatdagidek mashq qila olmayman. Bularning hammasi o'tmishda qoldi. Boshidan boshlash kerak. Hammasini olmoqchiman. Fyuri bilan jang qilmoqchiman. Mening kayfiyatim shunday. Menga hammasini bering, men shuni xohlayman".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing