09 jan 10:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua ilk bor Nigeriyadagi YTHda halok bo'lgan murabbiylari haqida fikr bildirdi
Entoni Joshua jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Sina Gami hamda shaxsiy murabbiy Robert Latcni esladi.
Eslatib o'tamiz, dekabr oyi oxirida Joshua Nigeriyada avtomobil halokatiga uchragan. Entonining o'zi jarohat olgan, Gami va Latc esa vafot etgandi.
"Qadrdonlarimga ko'rsatayotgan mehr va g'amxo'rligingiz uchun barchangizga rahmat. Ular men uchun qanchalik ahamiyatli insonlar bo'lganini avval anglamagan ekanman. Albatta, menga og'ir, ammo ularning ota-onalariga bundan-da og'irroq. Ruhim kuchli va Xudo ular qanday insonlar bo'lganini yaxshi biladi, deb ishonaman. Xudo aka-ukalarimni rahmatiga olsin", — deb yozdi Joshua ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar