19 avg 07:26
Yangiliklar
Entoni Joshua matbuot anjumanida nimalar dedi?
Matbuot anjumanida bergan intervyusida britaniyalik bokschi ushbu jangda g'alaba qozonishga ishonchi komil ekanini aytdi.
"Bu juda oddiy – jangda g'alaba qozonish kerak! Men bosimni yaxshi ko'raman. Jangga tayyorgarlik qiyin kechdi. Endi faqat instinktlaringizga ishonib, diqqatni jamlab, ishni yakunlash va Xudo xohlasa g'alaba qozonish kerak", — dedi Joshua.
Joshua g'alaba chempionlik kamarlaridan ustun ekanini takidladi.
"Hammasi raqobat bilan bog'liq. O'sha oqshom ringda ko'zlagan maqsadlarim bor. Bu o'zim bilan jang. Ha, chempionlik kamarlari ko'p narsani anglatadi. Lekin ular men uchun oxirgi o'rinda. Bu jarayonga bor etiborimni qarataman", — deya qo'shimcha qildi britaniyalik.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning 26 sentyabrida bo'lib o'tgan edi.
Avvalroq, ushbu jangga nafaqat ukrainalik bokschining, balki Tayson Fyurining ham vakant kamari qo'yilgani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar