07 jan 18:58
Yangiliklar

Entoni Joshua: Men mag'lubiyatimni tan oldim
Og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua (24-2, 22 KO) WBA, IBF, WBO va IBO chempionlik unvonlari sohibi Aleksandr Usikga (19-0, 13 KO) qarshi mag'lubiyatdan keyingi motivaciyasi haqida aytib berdi.
“Men mag'lubiyatimni tan oldim. O'zimni yomon bokschi deb aytmayapman. Yana bir yaxshi jangchi bilan to'qnashuvda muvaffaqiyatsizlikka uchradim. Bu mening oqshomim emas edi, biz qaytdik. Odamlarning munosabatini ko'rganimda, ularning ruhiy jihatdan kuchliroq bo'lishini xohlayman. Mag'lubiyatning o'zi to'xtash kerak degani emas. Hatto o'nta mag'lubiyat ham to'xtash kerak degani emas.
Sizni qaysi nuqtada buyuk kelajak kutayotganini hech qachon bilmaysiz. Agar bugun men ikki marta mag'lubiyatga uchraganim uchun to'xtasam, men o'ylagan ishlar amalga oshmaydi, demak, men qanchalik uzoqqa borishim mumkinligini hech qachon to'liq bila olmayman.
SHuning uchun men buni motivaciya sifatida ishlataman. Men yutqazgan bo'lishim mumkin, lekin meni nima kutmoqda? “ - dedi Joshua.
Fikrlar