09 iyu 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Entoni Joshua: "Men masxaraboz emasman!"
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua yana bir bor WBO, WBA, IBO va IBF chempioni Aleksandr Usikka qarshi revansh jangi haqida gapirdi.
Britaniyalik bokschining so'zlariga ko'ra, u o'z kamarlarini qaytarib olish olish uchun jangga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.
"Men, albatta, kamarlarimini qaytarishni xohlayman. Menga juda ko'p tanqidlar bo'layapti. Kamroq gapiring, ko'proq harakat qiling. Ruxsat bering va men o'z ishimni bajaraman. Men masxaraboz emasman. Men ochman. Bu ko'p narsadan dalolat beradi va oxir-oqibat buni hammaga ko'rsataman", - dedi Joshua.
Entoni Joshua va Aleksandr Usik o'rtasidagi revansh jangi 20 avgust kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar