21 apr 10:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Entoni Joshua: "Meyvezer bilan aniq ko'rishaman"
WBA, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (24-1, 22 KO) qaysi bokschilar unga tayyorgarlik bosqichida yordam berishi haqida gapirdi.
"Meyvezer - buyuk inson. Kuchli bokschi kuchli bokschilar orasida bo'lishi kerak. SHer sherligicha qolishi uchun sherlar davrasida bo'lishi lozim, qo'ylar bilan emas.
Men yanada kuchli bo'lishim uchun, buyuk bokschilar orasida bo'laman. SHuning uchun ham, Floyd Meyvezer bilan aniq ko'rishaman. Yuz foiz. Vladimir Klichko ham men bilan uchrashishdan mamnun. Bu zaldagi boshqalarni ham xursand qilgan bo'lardi. Meyvezerni mamnunlik bilan kutib olamiz", - dedi Entoni Joshua.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar