01 jan 08:13
Yangiliklar
Entoni Joshua Nigeriyadagi "Qirollik lyuks" shifoxonasida davolanmoqda + FOTO
Daily Mail xabariga ko'ra, britaniyalik bokschi qirollik sharoitida avtohalokat oqibatlaridan tiklanmoqda. Kasalxonaning oltinchi qavatida Harley Street Practice deb nomlangan elita bo'limi mavjud bo'lib, u VIP bemorlarga Duchess Royal Suites toifasidagi xonalarni taklif qiladi.
Bemorlar kuniga 24 soat davomida individual parvarish qilinadi. SHuningdek, ular oshxonadan o'z didlariga moslab tayyorlangan nafis taomlarni istemol qilishadi.
Eslatib o'tamiz, 29 dekabr kuni Nigeriyada Entoni Joshua bo'lgan Lexus avtomobili yuk mashinasiga borib urilgandi. YTH oqibatida bokschining oldi o'rindiqda o'tirgan ikki murabbiyi vafot etgan edi. Joshua esa shofyorning orqasidagi o'rindiqda bo'lgani bois (avvalo Alloh, holat sababchi) omon qolgandi.





Fikrlar