22 sen 08:07
Yangiliklar
Entoni Joshua nokautli mag'lubiyatiga izoh berdi
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasidagi britaniyalik bokschilar -vaqtinchalik IBF chempionlik kamari sohibi Daniel Dyubua hamda IBF, WBA, WBO va IBO yo'nalishlarida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua o'rtasida o'tkazilib, unda Dyubua tajribali vatandoshini 5-raundda nokautga uchratib, to'laqonli IBF chempioniga aylandi.
"Daniel va uning jamoasini haqli g'alaba bilan tabriklayman. Biz bu jang uchun borimizni o'rtaga qo'ygandik. Lekin yakunda alamli mag'lubiyat bo'ldi. Sovuqqonlikni saqlab, raqibga hurmat bajo keltiraman. Bilasizmi, men bunday yakundan juda afsusdaman. Ammo olg'a intilishda davom etishim kerak. Dyubua tezkor harakatlarga ega bokschi. Buni ham tan olish kerak. Afsuski, men bunday yakundan juda afsusdaman. Ammo olg'a intilishda davom etaman", — dedi Joshua.
Fikrlar