So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

01 jan 14:52
Yangiliklar

Boks/MMA

Entoni Joshua shifoxonadan chiqdi

Teglar :  Entoni Joshua
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga dushanba kuni ikki murabbiyi vafot etgan avtohalokatdan so'ng Lagosdagi shifoxonadan ruxsat berildi.

Joshua engil jarohat olib, kuzatuv uchun shifoxonaga etkazilgandi. Kecha tushdan keyin shifokorlar uni uyda davolanishga ruxsat berishdi. Avariya dushanba kuni Nigeriyaning eng gavjum yo'llaridan birida sodir bo'lgandi. Kecha kechqurun marhumlarning jasadlari Buyuk Britaniyaga jo'natildi. 

"Bokschining jismoniy murabbiyi Sayna Gami va shaxsiy murabbiy Kevin Ayodele halok bo'ldi. Entoni va uning onasi bugun kechqurun vataniga qaytishga tayyorlanayotgan ikki marhum do'stiga so'nggi hurmat bajo keltirish uchun tushlik vaqtida Lagosdagi dafn etish uyiga tashrif buyurishdi", deb xabar berdi Lagos shtati rasmiy vakili Gbenga Omotoso.

Joshuaning jarohat tashxislari hali ham nomalum, shuningdek, ushbu baxtsiz hodisa va ikki do'stini yo'qotish uning keyingi yil bahorida jang o'tkazish rejalariga qanday tasir qilishi ham malum emas.

Nigeriya policiyasining malum qilishicha, Joshua va uning ikki do'sti bo'lgan avtomobil haydovchisi ham kasalxonadan chiqqan va hodisa tafsilotlari bo'yicha ko'rsatma bermoqda. To'qnashuv sodir bo'lgan to'xtab turgan yuk mashinasi haydovchisi voqea joyini tark etgan va hozirda policiya uni qidirmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing