23 avg 10:20
Yangiliklar

Entoni Joshua: "Ukraina haqida o'rgandim, u erda fuqarolar urushi, tartibsizliklar bo'lgan"
"Men Ukraina haqida va u erdan chiqqan barcha chempionlar haqida o'rgandim. U erda hech qachon bo'lmaganman va nimalar sodir bo'lganidan bexabarman, lekin bu yoqimsiz. Lomachenko Orlando Salida bilan jang qilganida, Ukrainada tartibsizliklar, fuqarolar urushi bo'lganini ko'rdim. Vitaliy Klichko Denni Uilyams bilan jang qilganida ham fuqarolar tartibsizliklari bo'lgan ekan. SHunday sharoitda Usik chempion bo'lishga muvaffaq bo'ldi", - deya takidladi Joshua.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Usik va Entoni Joshua o'rtasidagi revansh jangi 21 avgust erta tongida bo'lib o'tgan edi.
Avvalroq, Entoni shu yilning o'zida ringga qaytmoqchiligi va har qanday bokschi bilan jang qilishi mumkinligini aytib o'tgan edi.
Fikrlar