So’nggi yangiliklar

18:36Россияда Қозоғистон ва Ўзбекистон боксчилари рақобати таҳлил қилинди 0 18:15Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнидаги Жейрон Эннис икки йўналиш чемпиони билан музокара олиб бормоқда 0 17:54"Арсенал" ПСЖ юлдузига қизиқмоқда 0 17:33Волкановски Ислам Махачевни UFC тарихидаги энг буюк жангчилар Топ-5 рўйхатига киритдими? 0 17:12Мовсар Евлоев Лерон Мёрфи устидан қозонган ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0 16:51Дана Уайт Евлоев — Волкановски эҳтимолий чемпионлик жанги ҳақида гапирди 0 16:30Кенан Йилдиз "Ювентус"да замонавий рекорд ўрнатди 0 16:09Жон Жонс Алекс Перейрага қарши жанг нега бекор бўлганини тушунтирди 0 15:48Дана Уайт Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:27Том Аспиналл оғир кўз жароҳатидан кейинги тикланиш жараёни ҳақида гапирди 0 15:06Моуриньюнинг "Бенфика"си чемпионатда мағлуб бўлгани йўқ 0 14:45Евлоев ўз дивизионида бир кўрсаткич бўйича Волкановскига етиб олди 0 14:24Иман Хелиф профессионал рингда дебют қилади 0 14:03Гимнастикачи қизларимиз Минск турнирида 6 та медаль қўлга киритишди 0 13:42Артета Лига кубогини ютишга ишонмоқда 0

20 sen 09:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Entoni Joshua va Daniel Dyubua so'nggi "sterdaun"ni o'tkazishdi + FOTO

Ertaga London shahridagi muhtasham "Uembli" stadionida professional boks turniri o'tkaziladi.

Oqshomning markaziy jangida britaniyalik superog'ir vazn toifasi vakillari - IBF, WBA, WBO va IBO yo'nalishlarida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua hamda vaqtinchalik IBF kamari sohibi Daniel Dyubua o'zaro to'qnash keladi. Ushbu jang to'laqonli IBF chempionlik kamari uchun o'tkaziladi. Bir muddat avval qolgan barcha kamarlar sohibi Aleksandr Usik bu titulni vakant qoldirgan edi.   

Kecha bokschilar so'nggi bor face to face marosimida yuzma-yuz kelishdi. SHuningdek, matbuot anjumani ham tashkil etildi. Unda ikki britaniyalikdan tashqari, ularning promouterlari Eddi Xirn va Frenk Uorren ham ishtirok etdi hamda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. "Uembli" stadionidagi oqshom uchun chiqarilgan 96 mingta chiptaning bari allaqachon sotib bo'lingan. 

Malumot uchun, 26 yoshli Daniel Dyubua professional boksda 2017 yilda debyut qilgan. 2022 yilning iyun oyida amerikalik Trevor Brayanni nokautga uchratib, WBA Regular kamarini qo'lga kiritgan. SHu yil iyun oyida Dyubua xorvatiyalik Filipa Xrgovichga ilk mag'lubiyatni taqdim etish barobarida vaqtinchalik IBF chmpioniga ham aylangan edi. 

Entoni Joshua hozira 34 yoshda. U havaskorlar o'rtasida London-2012 Olimpiadasi chempioni hisoblanadi. Professional ringda 2013 yilda debyut qilgan. 2016 yilning aprelida ilk bor jahon chempioni bo'lgan. Keyin esa ukrainalik Vladimir Klichko, so'ngra Yangi Zelandiya bokschisi Jozef Parkerni mag'lubiyatga uchratib, uchta jahon chempionlik kamarlarini o'z qo'lida birlashtirgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing