26 jan 07:14
Yangiliklar

Entoni Joshuaga 1 aprel kuni kim raqiblik qilishi malum bo'ldi
Og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, britaniyalik bokschi Entoni Joshuaning (24-3) 1 aprel kuni navbatdagi jangini o'tkazishi haqida xabar bergan edik.
O'sha kuni Entoniga kim raqiblik qilishi malum bo'ldi. Unga ko'ra, Joshua navbatdagi jangini amerikalik Jermeyn Franklinga (21-1) qarshi o'tkazadi.
Jang 1 aprel kuni London shahrida joylashgan O2 arenasida o'tkazilishi kutilmoqda.
Entoni Joshua so'nggi bor 2022 yil 20 avgust kuni ukrainalik Aleksandr Usikka (20-0) qarshi revansh jangida ringga ko'tarilib, hakamlar qarori bilan mag'lub bo'lgan edi. Jermeyn Franklin esa ohirgi jangini o'tgan yilning 26 noyabrida britaniyalik Dillian Uaytga (29-3) qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga mag'lub bo'lgan edi. Qayd etish lozim, bu Franklinning faoliyatidagi yagona mag'lubiyat bo'lib turibdi.
Fikrlar