26 iyu 13:38
Yangiliklar
Erkin kurash bo'yicha Eron liga chempionati qoldirildi
Ushbu musobaqa shu kunlarda start olishi kerak edi. Bunga mamlakatdagi koronavirus bilan bog'liq epidemiologik murakkab vaziyat sabab bo'ldi. Aynan Eron Islom Respublikasi Xitoydan so'ng koronavirus avj olgan ikkinchi mamlakatga aylangan edi.
Mamlakatda vaziyat jiddiy bo'lib, har kuni ikki yuz nafardan ziyod kishi kasallik qurboniga aylanmoqda. Pandemiya sport kurashi vakillari, sportchilar, murabbiylar, ularning oila azolarini ham chetlab o'tmayapti.
Eron liga chempionatida qatnashish uchun etti jamoa shakllantirilgandi. Bu jamoalar tarkibida Ozarbayjon va Gruziyadan kelgan legionerlar ham bor edi. Bu musobaqa Eron klublar chempionati ham deb yuritiladi. CHempionat vaziyat yumshashiga qarab avgust oyining oxirlarida o'tkazilishi mumkin.
Fikrlar