So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

04 iyu 17:43
Yangiliklar

Sport kurashlari

Erkin kurash bo'yicha xorijlik murabbiyimizdan tavsiyalar

Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi maslahatchi-murabbiyi Ali Ahmedov ushbu sport turining nozik va shu bilan birga muhim jihatlari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Moslashuvchanlikni rivojlantirish uchun biz malum bir akrobatik mashqlarni o'rganamiz: umbaloq oshish, koleso, rondat, turli ko'rinishdagi salto, oyoqlarni tepaga qaratgan holda qo'lda yurish, most holatidan tik holatga kelish. 

Egiluvchanlik sifati ixtiyoriy hisoblanadi. Kurashchi uchun unchalik ham zarur va majburiy emas. Aksariyat mashhur polvonlar egiluvchanlik emas, aksincha, moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Ular bu kamchilikni o'zlarining boshqa rivojlangan sifatlari, masalan kuch bilan berkitishga harakat qilishadi va bu ish beradi. Ayrim kurashchilar ayyorlik ham ishlatishadi. Bu shundan dalolat beradiki, kurash faqat kuch va moslashuvchanlikdan iborat emas. 

Bu xuddi shaxmat doskasiga o'xshaydi. Partiyada grossmeysterlardan qisqa fursatda aql bilan tez qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo'lish talab etiladi. Qiyin vaziyatdan chiqib ketish o'sha shaxmatchining qanday kuch va mahoratga ega ekanidan dalolat beradi. Har qanday holatda ham puxta ishlab chiqilgan moslashuvchanlik ham samara keltiradi. Kuch, epchillik, texnika, aql kabi sifatlar kurashchini g'alaba sari etaklaydi. Bu sifatlar kurashchining taktik imkoniyatlarini kengaytirishga ham imkon beradi", - dedi terma jamoamiz murabbiyi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing