16 mar 14:39
Yangiliklar
Sport kurashlari
Erkin kurash. Minskdan to'rtta medal bilan
Belorussiyaning Minsk shahrida o'smirlar o'rtasida erkin kurash bo'yicha uch karra Olimpiya o'yinlari chempioni, ko'p karra jahon chempioni hisoblangan afsonaviy Aleksandr Medved sovrini uchun xalqaro musobaqa bo'lib o'tayotganligi haqida xabar qilgandik.
12 mamlakatdan iqtidorli yosh sportchilar ishtirok etayotgan musobaqaning dastlabki kunida SHaxboz Komilov (-45kg) hamda Umidjon Jalolov (-48kg)lar oltin, Jamshid Marufov (-55kg) esa bronza medali sohibiga aylanganidan ham xabaringiz bor.
Kecha o'tkazilgan bahslarda -65kg vazn toifasida finalgacha etib borgan Nodirjon Rahimov kumush medal bilan kifoyalandi.
SHu tariqa, yosh polvonlarimiz "Medvejonok" turnirida 2ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medallari bilan qaytishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar