So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

30 okt 07:38
Yangiliklar

Sport kurashlari, Bolalar sporti

Erkin kurash. Qibraydagi zamonaviy sport zalida musobaqa o'tkazildi

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida erkin kurash bo'yicha viloyat chempionati bellashuvlari tashkil etildi.

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, viloyat erkin kurash federaciyasi hamda Qibray tuman BO'SM bilan hamkorlikda o'tkazilgan mazkur chempionatda viloyatning tuman va shaharlaridan ellik nafarga yaqin erkin kurashchilar o'nta vazn toifasida  g'oliblik yo'lida gilamga chiqishdi. 

BO'SMning muhtasham sport zalida o'tgan ushbu bellashuvlarda Dilmurod Hasanboev (52 kg.Zangiota t.), Doniyor SHermatov (61 kg.CHirchiq sh. ), Olim SHaropov (65 kg. Zangiota t.), Qahramon Tursunboev (70kg. Qibray t.), Ibrohim Navro'zov (74 kg. Qibray t.), Husan Otaboev  (79 kg. Olmaliq sh.), Soyib Zuxriddinov (86 kg. Zangiota t.), Boymurod Azimov (92 kg. Qibray t.), Edim Vedutov (97 kg. Olmaliq sh.), Behzod Ubaydullaev (125 kg. Quyichirchiq t.)lar barcha raqiblaridan ustun kelib, birinchi o'rinni egallashdi. 

Bellashuv yakunida g'olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. SHu o'rinda ushbu zamonaviy tipdagi sport zaliga ega bo'lgan bolalar-o'smirlar sport maktabi haqida qisqacha malumot. 

2015 yilda yangidan qurilib foydlanishga topshirilgan BO'SM sport zali 18X42 o'lchamda bo'lib, bu erda bir vaqtning o'zida badiiy gimnastika, boks, taekvondo (VTF), erkin kurash, ushu singari sport turlari bilan shug'ullanish imkoniyati mavjud. 

BO'SMda hozirda o'n ikkita sport turi bo'yicha 950 nafarga yaqin o'g'il-qizlar 26 nafar tajribali murabbiylar qo'l ostida mashg'ulotlarga zo'r berishgan. Sportga oshno o'quvchilar joriy yilgi viloyat musobaqalarida 193 nafari, mamlakat miqyosidagi bellashuvlarda 90 dan ortiq, xalqaro musobaqalarda 15 nafari sovrindorlar qatoridan joy olishgan. Bu ko'rsatkich esa oldingi yillarga nisbatan bir muncha yuqori bo'lganidan dalolat. 

BO'SMning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Azizjon Yusupovning bizga bergan malumotlariga ko'ra, aholi o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida tumandagi 87 ta mahallalarda joylashgan 48 ta umumiy o'rta talim maktablarida o'quvchilarni sportga keng jalb qilish orqali sog'lom turumsh tarzini targ'ib etish, o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha hamkorlik ishlari yo'lga qo'yilgan.

A. Yusupovning takidlashicha, hali yil yakuniga qadar o'tadigan karate, taekvondo (VKF), mini-futbol, ushu kabi sport turlari bo'yicha nufuzli musobaqalarga BO'SM tarbiyalanuvchilari astoydil tayyorgarlik ko'rishmoqda ekan. Demak, chempionalar safi yana kengayishi bor gap.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing