29 okt 08:45
Yangiliklar
Sport kurashlari
Erkin kurashchilarimiz CHimkentdan 4ta medal bilan qaytishdi
Qozog'istonning CHimkent shahrida erkin kurash bo'yicha ananaviy xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
Bu haqda O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. General Sobir Rahimov xotirasiga bag'ishlab yoshlar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada O'zbekiston erkin kurash terma jamoasi ham ishtirok etdi.
Yakunda polvonlarimiz 4ta medalni qo'lga kiritishdi. SHulardan bittasi oltin medaldir. Olim Hikmatov shogirdlaridan oltin medalga 120 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Sardor Xolmatov ega chiqdi.
55 kg vaznda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazgan hamyurtimiz Jahongir Turobov kumush medal bilan taqdirlandi. Bronza medallariga o'z vazn toifalarida G'ulomjon Abdullaev (55 kg) va Orifjon Nutfillaev (96 kg) sazovor bo'lishdi.
Havola :
Fikrlar