30 jan 16:16
Yangiliklar
Sport kurashlari
Erkin kurashchilarimiz Dukentda yig'in o'tkazishadi
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi 1 fevraldan Toshkent viloyatining tog'li Dukent shaharchasida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.
Trema jamoa bosh murabbiyi Olim Hikmatov ushbu yig'inga 26 nafar kurashchini taklif etgan. Asosiy tarkib bilan birga O'zbekiston chempionatida sovrindorlar safidan joy olgan kurashchilar kuniga ikki mahaldan tashkil etiladigan mashg'ulotlarda qatnashishadi.
Poytaxt viloyatidagi yig'in 23 fevralga qadar davom etadi. Ushbu mashg'ulotlar 24-27 fevral kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkaziladigan reyting turniriga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar