So’nggi yangiliklar

19:02"Махачев - Макгрегор жанги UFC тарихидаги энг буюк тўқнашувга айланиши мумкин" - мураббий 0 18:13"Олти ойда курашни ўрганиб бўлмайди". Ислам Махачев — Иан Гаррининг тайёргарлиги ҳақида гапирди 0 17:45Хоакин Бакли ҳам RAF Лигасига ўтди 0 16:12ЖЧ-2026. Энг кўп мухлис қайси ўйинга тушди? 0 15:40ИНТЕРВЬЮ. Боксдан ММАга ўтган қизалоқ Махлиё Хабибуллаева 0 14:27Фирибгарликда айбланган GFL Лигаси яна қайтаётганини эълон қилди. Илк турнирнинг марказий жанги Тони Фергюсон иштирокида ўтади 0 13:53Икки нафар конкурчимиз жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди 0 13:28Бугун хет-трик қайд этган Дэвид 60 йилдан сўнг ушбу натижага эришган илк футболчи бўлди 0 12:59UFC Хитойга қайтмоқда (ПОСТЕР) 0 12:28Синдаров рапид Жаҳон чемпионатида Магнус Карлсенни қора доналарда мағлуб этди 0 11:56Достон Бозоров АҚШ визасини қўлга киритди + ВИДЕО 0 11:27Швейцария ва Босния ўртасидаги ўйинда тарихда юз бермаган ҳолат содир бўлди 0 10:53Оқ уйдаги UFC турнирига эҳтимолий ҳужумнинг олдини олинди 0 10:14UFC 330 турнири кардига даъвогарлик жанги қўшилди 0 09:39Бир жанг тарихи: Руслан Чагаев vs Владимир Кличко! 0

25 fev 11:02
Yangiliklar

Sport kurashlari

Erkin kurashchilarimiz Kiev turniriga yo'l olishdi

Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Turkiya poytaxti Anqara shahrida tashkil etilgan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab, Toshkentga qaytgandi.

Olimjon Hikmatov, Abdurauf Bozorboev, Latif Xalimov, Arsen Ahmedov murabbiyligidagi kurashchilarimiz Anqarada ikki hafta davomida kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishdi. Ushbu yig'in Ukrainaning Kiev shahrida o'tkaziladigan xalqaro turnirga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. 

Kecha kechqurun terma jamoamiz delegaciyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Kiev shahriga jo'nab ketdi. Erkin kurashchilarimiz ertaga Ukraina poytaxtida start oladigan xalqaro xotira turnirida yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Bugun o'z tarixida yigirma to'rtinchi marotaba tashkil etilayotgan va yigirmadan ziyod davlat kurashchilari qatnashadigan xalqaro xotira turniriga qura tashlash marosimi o'tkaziladi. 

Etiborga molik jihati shundaki, -57 kg vazn toifasida to'rt nafar kurashchimiz gilamga chiqadi. Bu haqida avval ham bir necha bor takidlaganmiz, aynan -57 kg vazn toifasida ichki raqobat juda ham kuchli. To'rt nafar kurashchimiz ham Olimpiada saralash musobaqasiga haqli. Kiev gilamlari ayni paytda kim kuchliroq ekanini ko'rsatadi.  

Terma jamoamiz tarkibi:

-57 kg: Mahmud SHavkatov, G'ulomjon Abdullaev, Nodirjon Safarov, Umidjon Jalolov

-65 kg: Ilyas Bekbulatov

-74 kg: Ixtiyor Navro'zov, Mirzo Hayitov

-79 kg: Bekzod Abdurahmonov

-86 kg: Javrail SHapiev

-97 kg: Magomed Ibragimov

125 kg: Maqsud Veysalov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing