So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

09 mar 10:10
Yangiliklar

Sport kurashlari

Erkin kurashchilarimiz Kislovodsk yig'inini yakunlashdi

Kecha erkin kurash bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi Rossiyaning Kislovodsk shahrida o'tkazilgan o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunladi va tunda yurtimizga qaytib keldi.

Uch hafta davom etgan ushbu xorij yig'inida kurashchilarimizdan tashqari Ozarbayjon va Turkiya terma jamoalari ham ishtirok etdi. Qo'shma xorij yig'inining so'nggi uch kunida bu uch mamlakat sportchilari safiga Rossiya terma jamoasining asosiy tarkibi ham qo'shildi. 

Kislovodsk yig'ini O'zbekiston erkin kurash terma jamoasiga hali manzili va muddati  nomalum bo'lgan Tokio-2020 Olimpiadasining Osiyo licenzion turniri uchun tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab berdi. 

Eslatib o'tamiz, aslida Osiyo licenzion turniri Xitoyda o'tkazilishi lozim edi. CHin yurtidan tarqalgan koronavirus sabab bu musobaqa bekor qilindi. Keyin ushbu licenzion turnir mezbonligi Bishkek shahriga topshirildi. Ammo, Qirg'iziston hukumati koronavirus xavfi sabab mamlakatdagi barcha ommaviy tadbirlar, xususan sport kurashlari bo'yicha Osiyo licenzion turniridan ham voz kechdi. Tez kunda musobaqaning yangi manzili va muddatiga oydinlik kiritiladi. 

Kislovodsk yig'inida qatnashgan tarkib:

-57 kg: Mahmudjon SHavkatov

-57 kg: Umidjon Jalolov

-57 kg: G'ulomjon Abdullaev

-65 kg: Sirojiddin Hasanov

-70 kg: Ramazon Ibodov

-86 kg: Rashid Qurbonov

-86 kg: Javrail SHapiev

-86 kg: Rustam SHodiev 

-92 kg: Aziz Soliev

125 kg: Amirjon Nutfullaev

125 kg: Dilmuhammad Nurmuhammedov

Murabbiylar - Olimjon Hikmatov, Abdurauf Bozorboev, Latif Xalimov

SHifokor - Ulug'bek To'raboev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing