So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

15 mar 11:53
Yangiliklar

Sport kurashlari

Erkin kurashchilarimiz Minskdagi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda

Teglar :  Erkin kurash
Belorus poytaxti Minsk shahrida o'smirlar o'rtasida erkin kurash bo'yicha uch karra Olimpiya o'yinlari chempioni, ko'p karra jahon chempioni hisoblangan afsonaviy Aleksandr Medved sovrini uchun nufuzli xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.

Musobaqada 12 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqdalar. Armaniston, Gruziya, Rossiya, Qozog'iston kabi davlat sportchilari qatorida o'zbekistonlik erkin kurashchilar ham ishtiroklarini davom ettirishmoqda. Kecha bahslarda qatnashgan yosh polvonlarimizning uch nafari sovrindorlar qatoridan o'rin olishga muvaffaq bo'ldi.

SHaxboz Komilov (-45kg) hamda Umidjon Jalolov (-48kg)lar barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan holda, shohsupaning eng yuqori pog'onasidan o'rin egalladilar. Jamshid Marufov (-55kg) esa bronza medali sohibiga aylandi.

Bugun -65kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etayotgan sportchimiz Nodir Rahimov musobaqa bosh sovrini uchun gilamga chiqadi. Kecha u to'rtta jang o'tkazib, final yo'llanmasini naqd qilib qo'ygandi.

Malumot uchun, ushbu turnir may oyida Toshkentda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Poytaxtimizda o'tkaziladigan qita birinchiligida Argentinada o'tkaziladigan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalar o'ynaladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing