10 iyu 13:19
Yangiliklar
Sport kurashlari
Erkin kurashchilarimiz Osiyo chempionatining ilk kuni 2 ta bronza medali qo'lga kiritishdi
Manama shahri (Bahrayn) mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo'yicha yoshlar (U 20) o'rtasidagi qita birinchiligida erkin kurash ustalari medallar uchun kurash olib borishyapti.
Dastlabki kun doirasida ikki nafar vakilimiz shohsupaga ko'tarildi. -65 kg vazn toifasida ishtirok etgan o'smirlar Olimpiadasi chempioni Umidjon Jalolov hamda -70 kg vazndagi Zafarbek Otaxonov bronza medali uchun bahsda raqiblarini engishga muvaffaq bo'lishdi.
Afsuski, Asadbek Karimov (70 kg) va Bekzodjon Yo'ldoshev imkoniyatni boy berib, bronza medalidan mosuvo bo'lishdi.
Bronza uchun kechgan bahslar:
65 kg: Umidjon Jalolov - Valixan Riskulbekov (Qirg'iziston) 11:1
70 kg: Zafarbek Otaxonov - Jassulan Bexultarov (Qozog'iston) 10:0
79 kg: Asadbek Karimov - Dipak Dipak (Hindiston) 0:10
97 kg: Bekzodjon Yo'ldoshev - Zelimxan Mussixanov (Qozog'iston) 4:5
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar