22 iyu 21:09
Yangiliklar
Sport kurashlari
Erkin kurashchilarimiz umumjamoa hisobida kuchli uchlikda
Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar (U 17) va yoshlar (U 23) o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun ikki kun davom etgan erkin kurash bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi qita chempionati o'z yakuniga etdi. Qita birinchiligida Latif Xalimov va Asror Xo'jamurodov murabbiyligidagi 10 nafar erkin kurashchimiz yurtimiz sharafini himoya qildi.
Yakunda ulardan 7 nafari shohsupaga ko'tarildi. Erkin kurashchilarimiz 2 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni band etishdi. Bu borada Hindiston terma jamoasi birinchi, Qozog'iston esa ikkinchi o'rinni egalladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar