18 apr 23:59
Yangiliklar
Erkin kurashchilarimiz umumjamoa hisobida to'rtinchi bo'lishdi
Musobaqaning oxirgi ikki kuni erkin kurash musobaqasi o'tkazildi. Unda ishtirok etgan Olimjon Hikmatov va Abdurauf Bozorboev murabbiyligidagi erkin kurashchilarimiz yakunda 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida Eron, Hindiston va Qozog'iston terma jamoalaridan so'ng to'rtinchi o'rinni egalladi.
Takidlash joiz, Osiyo chempionatida terma jamoamizning asosan ikkinchi tarkibi ishtirok etdi. Jamoamizga Osiyo chempionatidagi yagona oltin medalni 61 kg vazn toifasidagi erkin kurashchimiz Jahongirmirzo Turobov taqdim etdi. U final uchrashuvida qozog'istonlik Adlan Askarovni 14-9 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Sirojiddin Hasanov (70 kg) kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Rio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Ixtiyor Navro'zov (74 kg) va Nodirjon Safarov (57 kg) Osiyo chempionatining bronza medaliga ega chiqishdi.
Fikrlar