06 dek 07:34
Yangiliklar
Sport kurashlari
Erkin kurashchilarimiz "Yangiobod"da yig'in o'tkazadi
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan "Yangiobod" sport bazasida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.
11-24 dekabr kunlari oralig'ida o'tkaziladigan ushbu o'quv-mashg'ulot yig'ini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi "O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida"gi PQ-2821-con qarori ijrosini taminlash maqsadida tashkil etiladi.
"Yangiobod"dagi mashg'ulotlarda Olim Hikmatov, Abdurauf Bozorboev, Dilshod Ismoilov murabbiyligidagi 20 nafar kurashchilarimiz qatnashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar