11 fev 07:20
Yangiliklar
Sport kurashlari
Erkin kurashchilarimizning Dukentdagi mashg'uloti davom etmoqda + FOTO
SHu kunlarda erkin kurash bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi Toshkent viloyatining tog'li Dukent shaharchasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazyapti.
Terma jamoa bosh murabbiyi Olim Hikmatov ushbu yig'inga 26 nafar kurashchini taklif etgan. Asosiy tarkib bilan birga O'zbekiston chempionatida sovrindorlar safidan joy olgan kurashchilar kuniga ikki mahaldan tashkil etilayotgan mashg'ulotlarda qatnashishyapti.
Poytaxt viloyatidagi yig'in 23 fevralga qadar davom etadi. Ushbu mashg'ulotlar 24-27 fevral kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkaziladigan reyting turniriga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar