So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

27 noy 07:48
Yangiliklar

Sport kurashlari

Erkin kurashchilarimizning Tokio Olimpiadasiga tayyorgarligi muhokama qilindi FOTOGALEREYA

MOQ rahbariyati Angren shahridagi “Yangiobod” bazasida sport kurashlari bo'yicha terma jamoamiz vakillari bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.

Tog' hududida o'tayotgan yig'inda yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha jamoamiz shug'ullanayotgan bo'lsa, erkin kurashchilarimiz poytaxtimizdagi “Dinamo” sporti majmuasida mashg'ulot olib borishmoqda. 

Kecha Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov boshchiligidagi mutasaddilar erkin kurashchilarimiz bilan ko'rishish maqsadida majmuaga tashrif buyurishdi. Uchrashuvda shuningdek, MOQ raisi o'rinbosari v.b. SHerzod Tashmatov ham ishtirok etdi.

Sir emaski, erkin kurash bo'yicha milliy terma jamoamiz vakillari jahon chempionati va Olimpiya o'yinlarida o'zlarining sermahsul va yuqori natijalari bilan ajralib turishgan. Biroq ushbu yo'nalishda hozircha Tokio-2020 uchun yo'llanma qo'lga kirita olmadik. Oldimizda esa dastlab Osiyo, so'ng jahon miqyosida o'tadigan licenzion musobaqa turibdi.

Uchrashuv davomida kurashchilarimizni mazkur musobaqalarga puxta tayyorlab, to'liq tarkibda licenziyalar olish bilan birga Olimpiadada ham medallarni qo'lga kiritish kabi masalalar kun tartibining asosiy mavzusi bo'ldi.

Uchrashuvda mutasaddilar licenzion musobaqaga tayyorlanayotgan har bir vazn toifasidagi sportchi bilan birma-bir suhbatlashdi, ijtimoiy holatini o'rganishdi. MOQ raisi polvonlar bilan gaplashar ekan, hukumatimiz tomonidan Olimpiadaga tayyorgarlik yo'lida barcha sharoitlar yaratib berilishi, ular qo'llab-quvvatlanishini takidlab o'tdi.

Ochiq muloqot tarzida o'tgan uchrashuv yakunida O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi mutasaddilari va murabbiylar shtabi bilan oldinda turgan rejalar haqida fikr almashildi.

SHuningdek, terma jamoa jamoa shifokori Elena Abaeva kurashchilarimizning tibbiy-farmakologik taminoti va ularning salomatligi borasida axborot berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing