21 mar 18:02
Yangiliklar
Sport kurashlari
Erkin kurashchilarimizning "Yangiobod"dagi mashg'uloti yakunlandi
Olim Hikmatov bosh murabbiyligidagi erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining o'quv-mashg'ulot yig'ini nihoyasiga etdi.
Kurashchilarimiz ikki hafta mobaynida Toshkent viloyatining Angren shaharchasida joylashgan "Yangiobod" bazasida mashg'ulot o'tkazishdi. Ushbu yig'in 9-11 aprel kunlari Qozog'istonning Almati shahrida o'tkaziladigan Tokio Olimpiadasi uchun Osiyo licenzion turniriga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab berdi. Endi erkin kurash terma jamoamiz 28 mart kunidan poytaxtimizdagi "Dinamo" sport majmuasida mashg'ulotlarga kirishadi.
Malumot uchun, Tokio Olimpiadasiga yo'llanmalarni taqdim etuvchi so'nggi licenzion musobaqa esa 6-9 may kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o'tkaziladi. Jahon licenzion turnirida barcha qita kurashchilari so'nggi imkoniyatdan foydalanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar