So’nggi yangiliklar

10:10Арина Соболенко Римда 1/4 финалга чиқди 0 09:49Тони Кроос де Лигтнинг голида ҳакам хато қилганини айтди 0 09:28Ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинларида кураш беллашувлари нечта вазн тоифасида ўтказлиши маълум қилинди 0 09:07Расман: UFC Луисвилл турнирининг марказий жангини тасдиқлади + ПОСТЕР 0 08:46Рим "Мастерс". Табило эртаги давом этади, у илк бор 1/2 финалда! 0 08:25Россия кубоги. ЦСКА пенальтилар сериясида "Зенит"га ютқазди. Файзуллаев сериядан бир неча дақиқа аввал алмаштирилди 0 08:04Самбо. Осиё-Океания чемпионатининг учинчи кунида 18 та медаль! 0 07:43Шаҳрам Ғиёсов Мадримов - Кроуфорд кардида жанг қилиши мумкин 0 07:22Осиё чемпионатининг илк куни уч нафар таэквондочимизга мухлислик қиламиз! 0 07:01"Ювентус" - Италия Кубоги соҳиби! 0 21:40Ҳасанбой Дўсматовда ғалаба, Холдаров эса... 0 19:16Фьюри Усик билан жанг режаси ҳақида гапирди 0 18:55Стерлинг реваншда О'Мэллини мағлуб этишига ишонмоқда 0 18:34Саудия клублари АПЛнинг 4 юлдузини нишонга олмоқда 0 18:13Колби Ковингтон Чарльз Оливейрани жангга чорлади 0

28 fev 20:34
Yangiliklar

Sport kurashlari

Erkin va yunon-rum kurashchilarimiz Kievdan 11 ta medal bilan qaytishyapti + FOTO

Biroz avval Ukraina poytaxti Kiev shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha ananaviy xalqaro turnir yakunlandi.

O'z tarixida yigirmanchi marotaba tashkil etilgan musobaqada dunyoning yigirmadan ortiq davlatidan kurashchilar uch kun davomida turnir medallari uchun gilamga chiqishdi. Ular qatorida har uchchala yo'nalishda terma jamoamiz azolari yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Turnirda Olimpiada hamda jahon chempionati g'olib va sovrindorlarining ishtirok etgani medallar uchun bahslarning murosasiz kechishini taminladi. 

Yakunda erkin kurashchilarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza, yunon-rum kurashchilarimiz esa 5 ta medalni qo'lga kiritishdi. G'ulomjon Abdullaev va Ilyas Bekbulatov o'z vazn toifalaridan shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi.    


Erkin kurash

Oltin medal

57 kg: G'ulomjon Abdullaev

70 kg: Ilyas Bekbulatov 


Kumush medal 

57 kg: Nodirjon Safarov 


Bronza medal

57 kg: Mahmudjon SHavkatov

79 kg: Bekzod Abdurahmonov

86 kg: Javrail SHapiev


Yunon-rum kurashi

Bronza medal

55 kg: Ilhom Bahromov

67 kg: Aram Vardanyan

82 kg: Jalgasbay Berdimuratov

87 kg: Rustam Assakalov

130 kg: Mo'minjon Abdullaev

Malumot uchun, terma jamoamiz delegaciyasi ertaga soat 20:00da Kiev - Minsk - Toshkent avia reysi bilan yurtimizga qaytib keladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing