So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

27 may 13:24
Yangiliklar

Sport kurashlari

Erkin va yunon-rum kurashchilarimiz Poland Open turnirida ishtirok etadi

8-13 iyun kunlari Polsha poytaxti Varshava shahrida sport kurashlari bo'yicha ananaviy xalqaro turnir bo'lib o'tadi.

Poland Open reyting turnirida dunyoning ko'zga ko'ringan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi vakillari ishtirok etadi. Bo'lajak musobaqada yurtimiz sharafini erkin va yunon-rum kurashchilarimiz himoya qiladi. 

Varshava turnirida Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan yunon-rum kurashchilarimizning barcha to'rt nafari qatnashadi. Erkin kurashchilarimizdan esa faqat G'ulomjon Abdullaev va Bekzod Abdurahmonov gilamga chiqadi. Qolgan ikki Olimpiada licenziantimiz - Javrail SHapiev va Magomed Ibragimov Dog'istonda o'tkaziladigan xalqaro turnirda o'z mahoratlarini namoyish etadilar.  

Erkin kurash tarkibi:

57 kg: Mahmud SHavkatov

61 kg: Jahongirmirzo Turobov, G'ulomjon Abdullaev

70 kg: Sirojiddin Hasanov

79 kg: Bekzod Abdurahmonov, Rashid Qurbonov

92 kg: Rustam SHodiev, Ajiniyaz Saparniyazov

Murabbiylar: Olimjon Hikmatov, Abdurauf Bozorboev


Yunon-rum kurashi tarkibi:

60 kg: Muhammadqodir Yusupov

63 kg: Islomjon Bahromov, Elmurat Tasmuradov

67 kg: Mirzobek Rahmatov, Mahmud Baxshilloev

72 kg: Aram Vardanyan

82 kg: Jalgasbay Berdimuratov 

87 kg: Rustam Assakalov

97 kg: Ergali Ayximbaev

130 kg: Mo'minjon Abdullaev

Murabbiylar: Ravshan Ro'ziqulov, Rustam Qudratov, Zaza Silagadze  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing