So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

06 iyu 19:39
Yangiliklar

Sport kurashlari

Erkin va yunon-rum kurashchilarimiz uchun o'quv-seminar o'tkazildi + FOTO

Katta sport bayrami hisoblangan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga ham oz fursat qolmoqda.

To'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bo'lgan ushbu ikki sport tadbirida mamlakatimiz sharafini yanada yuksaltirishga intilayotgan sportchilarimiz uchun keng imkoniyat, qulay sharoitlar yaratilmoqda. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu yirik musobaqalarda sportchilarimizning har tomonlama tayyorgarligi va muvaffaqiyatli ishtirokini taminlash, Olimpiya va Paralimpiya harakatlarini yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 25 iyun kuni “2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi olimpiya va XVI paralimpiya o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasining ishtirokini taminlash hamda olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorni imzolangan edi.

Mazkur qaror ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston Milliy antidoping agentligi ham sportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qatiy rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirgan holda o'quv-seminarlar o'tkazib kelmoqda.

Kuni kecha agentlik xodimlari Toshkent viloyati Angren shaharchasida joydashgan "Yangiobod" baxasida mashg'ulot o'tkazayotgan erkin va yunon-rum kurashchilar bilan uchrashuv o'tkazishdi.

Unda agentlikning Doping sinovlarini rejalashtirish va terapevtik istisnolar bo'limi hamda Antidoping qoidabuzarliklar va ADAMS monitoringi bo'limi xodimlari tomonidan sportchilar, murabbiylar va sport shifokorlari uchun antidoping o'quv-seminarlari o'tkazilib, dopingga qarshi kurashga oid turli qo'llanma materiallar taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing