10 jan 10:49
Yangiliklar
Sport kurashlari
Erkin va yunon-rum kurashchilarimiz yangi mavsumga Toshkent viloyatida tayyorlanmoqdalar
Xabar berib o'tganimizdek, terma jamoalarimiz yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborganlar.
SHu jumladan sport kurashlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari ham licenzion musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdilar.
Polvonlarimiz bugun Toshkent viloyatining Dukent shaharchasidagi «Yangiobod» o'quv-mashg'ulot bazasida yig'inni boshladilar. Mashg'ulotlarda 60 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Yunon-rum va erkin kurash bo'yicha terma jamoamiz azolari aynan shu erda licenzion musobaqalarga tayyorgarlik ko'radilar. Mashg'ulotlar 26 yanvarga qadar davom etadi.
Rejaga ko'ra, yunon-rum kurashchilarimiz 2 fevraldan so'ng kuni Vengriya va Xorvatiya mamlakatlarida o'tkaziladigan reyting turnirlarida qatnashadilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar