14 sen 17:38
Yangiliklar
Eron dzyudo federaciyasining diskvalifikaciyasi o'z kuchida qoldi. Voqea Isroil - Eron qarama-qarshiligi bilan bog'liq
Oktyabr oyida Eron dzyudo federaciyasi Yaponiyadagi JCH vaqtida yuz bergan holat uchun Xalqaro dzyudo federaciyasi shafeligi ostida o'tkaziladigan har qanday musobaqalardan chetlatilgandi.
JCH-2019 chorak finali oldidan rasmiylar Isroil vakili Sagi Muki bilan to'qnash kelmaslik uchun eronlik sportchi Said Mollaiga musobaqada ishtirok etishni rad qilishni buyurgan. Bunga sabab ikki mamlakat o'rtasidagi nizodir.
Mollai esa buyruqni bajarmagan va musobaqada ishtirok etishda davom etib, yarim finalda yutqazib qo'ygan. SHundan so'ng sportchi Eronga qaytmoqchi emasligini, rasmiylar unga va oila azolariga tahdid qilayotganliklarini aytgan.
IJF ahloq komissiyasi esa "olimpizm g'oyalari qoidalarini buzgani" uchun Eron dzyudo federaciyasini diskvalifikaciya qilgandi.
Eronning dzyudodagi diskvalifikaciyasi 2019 yilning 18 sentyabridan 2023 yilning 17 sentyabriga qadar amal qiladi.
Fikrlar