14 sen 16:06
Yangiliklar
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi ortiq ishlamoqchi emas
Bu haqida 62 yoshli mutaxassis ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar berdi, shuningdek, Eron sport kurashlari federaciyasi prezidenti Alirizo Dabirni telefon muloqotida ogohlantirdi.
Bosh murabbiyning bunday keskin qarorga kelishiga sanitariya xizmatining terma jamoa mashg'ulotiga taqiq qo'ygani va bu holatga federaciya o'z munosabatini bildirmagani sabab bo'lmoqda.
Muhammad Bananing aytishicha, hatto murakkab epidemiologik vaziyatda ham o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil etish uchun imkon topsa bo'ladi. Bosh murabbiyning istefosi qabul qilinmadi.
Malumot uchun, sportchilik davrida jahon chempionatining kumush medali sovrindori bo'lgan Muhammad Bana Eron tarixidagi eng omadli murabbiylardan hisoblanadi. Uning murabbiyligidagi eronlik "klassik"lar London-2012 Olimpiadasida 3 ta oltin medalni qo'lga kiritgan.
Fikrlar