22 iyu 18:09
Yangiliklar
Eronda mamlakat chempionatini o'tkazishga tayyorgarlik ko'rilyapti
Bir oydan so'ng klublar o'rtasidagi Eron chempionati start oladi. Ushbu musobaqada erkin kurash bo'yicha Eronning sakkizta jamoasi ishtirok etadi. Ayni paytda klublar tarkibni shakllantirish bo'yicha ish olib borishyapti.
Tasdiqlangan reglamentga ko'ra, har bir jamoa tarkibiga ko'pi bilan ikki legioner hamda uch nafardan ortiq Eron terma jamoasi azosini qo'shib ololmaydi. Klublar Ozarbayjon va gruziyalik erkin kurashchilar bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. Eron klublariga rossiyalik legionerlarni olib kelishdan ko'ra Ozarbayjon va Gruziya kurashchilari arzonroq tushadi.
Erondagi epidemiologik vaziyat hali barqarorlashmagani bois musobaqani muxlislarsiz o'tkazishga qaror qilingan. Klublar o'rtasidagi Eron chempionatini mahalliy telekanal translyaciya qiladi.
Fikrlar