15 mar 02:08
Yangiliklar
Eronda parataekvondo bo'yicha musobaqa boshlandi
Etiborlisi, ayollar o'rtasidagi musobaqalarda ishtirok etgan ikki hamyurtimiz – Ziyoda Isoqova hamda Guljanoy Naimova oltin medalni qo'lga kiritdi.
-47 kg vaz toifasida bahslarda qatnashgan Ziyoda Isoqova yarim finalda ham, finalda ham mezbon Eron terma jamoasi azosini mag'lubiyatga uchratdi va g'oliblik qo'lga kiritdi.
Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlari chempioni Guljanoy Naimova esa +65 kg vazn toifasida dunyoda tengsiz ekanligini yana bir bor isbotladi. Istedodli sportchimiz yarim finalda eronlik, finalda esa serbiyalik para taekvondochiga qarshi dayanga chiqdi va oltin medalga sazovor bo'ldi.
Yana bir etiborli jihati, Guljanoy Naimova musobaqaning eng yaxshi ayol sportchisi nomiga munosib ko'rilgan bo'lsa, terma jamoamiz treneri Bobur Qo'ziev musobaqaning eng yaxshi treneri deb topildi.
SHu tariqa ayollar o'rtasidagi bahslarda terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.
Fikrlar