22 dek 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Errol Spens Saul Alvares bilan jang qilmoqchi
Amerikalik bokschi Errol Spens Kanelo bilan jang qilish maqsadida ikki vazn yuqoriga ko'tarilishga ham tayyor.
WBC va IBF kamarlari sohibi Errol Spens WBC, WBA Super kamarlari egasi Saul Alvares bilan jang qilish maqsadida ikki vazn yuqoriga, yani ikkinchi o'rta vaznga ko'tarilish niyatida.
"Menimcha bu ajoyib jang bo'ladi, ayniqsa o'rta vaznda. Ko'pchilik meni yarim o'rta vazn jangchisi deb o'ylaydi. Lekin men bu vaznni ushlashim juda qiyin kechadi.
Bu divizionda mutlaq chempion bo'lishim kerak, shu sababli ushbu vaznda qolaman. Agarda menga qiziqroq jang taklif qilishsa, ikki vazn yuqoriga ko'tarilishim mumkin.
O'ylashimcha, mening Saul Alvares bilan jangim keng ko'lamli to'qnashuv bo'lishi mumkin. Bu jang yuz ming tomoshabin yig'adi", - dedi Errol Spens.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar