So’nggi yangiliklar

13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0

21 dek 13:37
Yangiliklar

Boks/MMA

Ertaga Andijonda prof boks kechasi o'tkaziladi, bugun esa tarozi marosimi (to'liq kard)

Teglar :  Ulug'bek Sobirov
Ertaga Andijon shahrida navbatdagi professional boks kechasi tashkil etiladi.

Promouter Sardorbek Razzoqov tomonidan o'tkazilayotgan boks oqshomiga Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi arenasi mezbonlik qiladi. Pro Boxing Night 4 oqshomidan jami 10 ta jang o'rin olgan. Asosiy jang Ulug'bek Sobirov (12-3-0) hamda Qobiljon Bobojonov o'rtasida o'tkaziladi. Ushbu jang 10 raund etib belgilangan. Bugun bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishadi. 

Eslatib o'tamiz, Ulug'bek Sobirov 11 noyabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o'tkazilgan RCC Boxing professional boks oqshomining markaziy jangida rossiyalik taniqli bokschi Vadim Tukov (13-0-0)ga qarshi ringga chiqqan edi. O'shanda 10 raund to'liq davom etgan jangda 95:95, 96:94, 96:94 hisoblarida Tukov g'alaba qozongandi. Bobojonov esa o'z vaqtida SHahram G'iyosovga qarshi jang o'tkazgan.


Andijondagi boks oqshomining to'liq kardi:

1. Davronbek Hayitaliev - Pahlavon Nazirjonov (yarimo'rta vazn, 4 raundlik jang)

2. Abduvali Bo'riboev - Jamoliddin Arabov (superengil vazn, 4 raundlik jang)

3. Umidillo Abdurasulov - Samandarbek Abdunosirov (yarimo'rta vazn, 4 raundlik jang)

4. Sardorbek G'aniev - Muhammadamin Kozimov (superengil vazn, 4 raundlik jang)

5. Asilbek Mahamadjonov - Muhammadali Azimjonov (yarimo'rta vazn, 4 raundlik jang)

6. Asadbek Tursunov - SHoyadbek Xoldarov (yarimog'ir vazn, 4 raundlik jang)

7. Jamshidbek Tojiboev - Husanboy Mirkomilov (supero'rta vazn, 6 raundlik jang)   

8. Nodirbek Soyibov - Asrorbek Abdumannobov (cuperengil vazn, 6 raundlik jang)   

9. Abdulaziz Abdupattaev - Abdusaid Fozilov (supero'rta vazn, 6 raundlik jang)   

10. Ulug'bek Sobirov - Qobiljon Bobojonov (o'rta vazn, 10 raundlik jang)      

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing