So’nggi yangiliklar

08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0

02 mar 09:49
Yangiliklar

Dzyudo

Ertaga boshlanadigan Toshkent “Katta Dubulg'a” turniri bo'yicha qiziqarli malumotlar

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) taqvimidan joy olgan ushbu nufuzli musobaqa 3-5 mart kunlari poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida o'tkaziladi.

Bu toifadagi turnir yurtimizda ikkinchi (birinchisi 2021 yil 5-7 mart) bor tashkil etilmoqda. Ungacha Toshkent Gran-Pri turkumidagi turnirlarga mezbonlik qilib kelgan. “Katta Dubulg'a” musobaqasining mukofot jamg'armasi 154 000 evrodan iborat bo'lib, uning ishtirokchilari medallardan tashqari Parij-2024 Olimpiya o'yinlari yo'lidagi qimmatli reyting ballari uchun ham tatamiga chiqadi. 

Turnirda sayyoramizning 5 qitasi 51 davlatidan jami 372 (196 erkak, 176 ayol) nafar dzyudochi 14 ta vazn (7 ta erkaklar, 7 ta ayollar) toifasida o'zaro bellashadi. Taqqoslash uchun, 2021 yilgi Toshkent “Katta Dubulg'a” turnirida 5 qitaning 71 davlatidan jami 497 (296 erkak, 201 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etgan edi. 

Musobaqada 1-o'rin uchun 1 000 ochko, 2-o'rin uchun 700 ochko, 3-o'rin uchun 500 ochko taqdim etiladi. Nufuzi bo'yicha Jahon chempionati hamda “Masters”dan keyin turadi.  

Toshkent “Katta Dubulg'a” turnirida O'zbekiston terma jamoasining 56 nafar (28 erkak. 28 ayol) dzyudochisi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Yani, mezbonga beriladigan imkoniyat (har bir vaznda 4 nafardan dzyudochi qatnashish)dan to'liq foydalanyapmiz.  

O'zbekiston terma jamoasi 2021 yilning 5-7 mart kunlari o'tkazilgan Toshkent “Katta Dubulg'a” turnirida 2 ta kumush (SHarofiddin Boltaboev, Davlat Bobonov), 4 ta bronza (Kemran Nurillaev, Sardor Nurillaev, Muzaffarbek To'raboev, Gulnoza Matniyazova) medallarini qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 6-o'rinni band etgandi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing