So’nggi yangiliklar

09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0

03 dek 10:29
Yangiliklar

Dzyudo

Ertaga kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati boshlanadi

Avval xabar berganimizdek, 4-6 dekabr kunlari poytaxtimiz dzyudo va para-dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.

"Universal" sport majmuasida o'tkaziladigan mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 500 nafarga yaqin saralangan dzyudochilar tatamiga chiqadi. Bugun kunning ikkinchi yarmida O'zbekiston chempionatiga qura tashlash hamda ilk kungi bellashuvlarda tatamiga chiqadigan dzyudochilarni tarozidan o'tkazish marosimi bo'lib o'tadi.   

Kecha esa chempionat bellashuvlarida hakamlik qiladigan referilar uchun seminar tashkil etildi. Uni xalqaro toifadagi IJF referilari - Ramziddin Saidov va Vyacheslav Pereteyko olib borishdi. 

Darvoqe, musobaqa kunlari paradzyudo bo'yicha ham O'zbekiston chempionati o'tkaziladi. Saralash bahslari har kuni soat 10:00da, soat 17:00da esa medallar uchun final bellashuvlari boshlanadi. 

Musobaqa dasturi: 

4 dekabr ("Universal" sport saroyi)

Erkaklar (dzyudo): -60, -66 kg. Ayollar: -48, -52, -57 kg 

Erkaklar (para-dzyudo): -60, -66 kg. Ayollar (para-dzyudo): -48, -52 kg 


5 dekabr ("Universal" sport saroyi)

Erkaklar (dzyudo): -73, -81, -90 kg. Ayollar: -63, -70 kg 

Erkaklar (para-dzyudo): -73, -81, -90 kg. Ayollar (para-dzyudo): -57, -63 kg  


6 dekabr ("Universal" sport saroyi)

Erkaklar (dzyudo): -100, +100 kg. Ayollar: -78, +78 kg 

Erkaklar (para-dzyudo): -100, +100 kg. Ayollar (para-dzyudo): -70, +70 kg 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing