12 mar 12:50
Yangiliklar
Dzyudo
Ertaga Osiyo Ochiq Kubogi boshlanadi, bugun qura marosimi o'tkaziladi
Xabar berganimizdek, 13-14 mart kunlari Qozog'istonning Aktau shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo Ochiq Kubogi bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqa Turar Joldibaev xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan bo'lib, unda sakkiz davlatdan 200 nafardan ziyod dzyudochilar ishtirok etadi. Ular qatorida Rafgat Izmaylov, Kamol Murodov, Bahodir Uzakbergenov, Bayrambay Satullaev va Muqaddas Kubeeva murabbiyligidagi jami 24 nafar dzyudochimiz yurtimiz sport sharafini himoya qiladi.
Aktaudagi turnir Xalqaro dzyudo federaciyasining yillik taqvimidan o'rin olgan bo'lib, IJF qoidalari asosida o'tkaziladi. Musobaqa g'oliblari – 100, kumush medal egalari – 60, bronza medali sohiblari esa 40 reyting ochkosini o'z hisoblariga qo'shib qo'yishadi. Bugun Osiyo Ochiq Kubogiga qura tashlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar