21 dek 09:09
Yangiliklar
Dzyudo

Ertaga o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oladi, bugun qura!
22-24 dekabr kunlari O'zbekiston dzyudo federaciyasining joriy yil taqvim rejasidan o'rin olgan so'nggi musobaqasi o'tkaziladi.
SHu kunlari poytaxtimizdagi Mudofaa vazirligiga qarashli MHSK sport majumasi zalida o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi. Uch kun davomida mamlakatimizning 2005-2006 yillarda tavallud topgan eng kuchli o'smir dzyudochilari aniqlanadi.
Musobaqa ishtirokchilari sonining 800 nafardan ziyod ekani bellashuvlarning murosasiz o'tishiga zamin yaratmoqda. Bugun dzyudochilarni ro'yxatdan o'tkazish hamda O'zbekiston chempionatiga qura tashlash marosimlari o'tkaziladi. SHuningdek, hakamlar uchun ham seminar tashkil etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar