31 jan 16:42
Yangiliklar

Ertaga Rossiyada to'rt nafar bokschimiz jang qiladi, ular bugun tarozidan o'tishdi + FOTO
Etiborlisi, ushbu boks kechasida biryo'la to'rt nafar o'zbek bokschisi ringga ko'tariladi.
Bugun mazkur kechada jang qiladigan bokschilarimiz taroziga chiqishdi. Unga ko'ra SHukurjon Rahimov 59,7 kg, Rustam To'laganov 79,3 kg, Odiljon Aslonov 73,2 kg va Ulug'bek Mubinov 114 kg tosh bosdi.
Bokschilarimiz ertaga quyidagi raqiblarga qarshi jang qilishadi:
Rustam To'laganov (2-0-0) - Norbert Darovski (23-8-2) (Polsha)
Odiljon Aslonov (1-0-0) - Dmitriy Atroxau (16-6-0) (Belarus)
Ulug'bek Mubinov (debyut) - Srdan Govedarisa (7-8-0) (Bosniya)
SHukurjon Rahimov (debyut) - Ripfumelo CHikvambana (6-3-0) JAR
Eslatib o'tamiz, jang oqshomi ertaga Kaliningraddagi "Yantarniy" sport majmuasida tashkil etiladi. Ushbu shaharda istiqomat qilayotgan hamyurtlarimizni bokschilarimizni qo'llab-quvvatlashga chorlab qolmiz.
Fikrlar